Minskda pianinoni ko‘tarib yugurish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Obuna bo‘lish
Sport tadbiri 8-noyabrda nishonlanadigan Xalqaro pianinochilar kuniga bag‘ishlandi. Bir necha zabardast yigitlar og‘irligi 250 kg bo‘lgan pianinoni ko‘tarib yugurishdi.

Tadbir tashkilotchisi va musiqa asboblari do‘koni egasi Ivan Manko Sputnik’ga poyga haqida so‘zlab berdi.

"Bu dunyodagi birinchi pianino poygasi – internetni ko‘rdik, ilgari shunga o‘xshash narsa bo‘lmagan. Biz ikkita havaskor jamoani tuzdik: sportchilar va musiqachilar. Hamma zavq bilan yugurdi, ammo ayrimlarning mushaklari ozgina jarohatlandi. Hammasi - 50 kishiga yaqin", - dedi Ivan.

Pianinoning vazni taxminan 250 kilo, sportchilar 10 kishilik jamoalarga bo‘lingan holda pianino bilan 440 metrga yugurishdi. Masofani 3 daqiqa 52 soniyada bosib o‘tgan jamoa g‘alaba qozondi - bu eng yaxshi natija.

Yangiliklar lentasi
0