Gamaleya markazi ijtimoiy tarmoqlarda “Sputnik V” haqida ma’lumot berishni boshlaydi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya
Vaksinatsiya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi va N.F.Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusiga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi to‘g‘risida ma’lumot berish kampaniyasini yo‘lga qo‘ydi.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi va N.F. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi ijtimoiy tarmoqlarda  koronavirusiga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi to‘g‘risida ma’lumot berish kampaniyasini boshlaydi, deb xabar qildi RIA Novosti fondning xabariga asosan.

Kampaniyada #SputnikV xeshtegi qo‘yiladi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda #SputnikV vaksinasi kanallari foydalanuvchilarga turli mamlakatlarda klinik sinovlar, ishlab chiqarish va aholini emlash jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Gamaleya olimlari vaksina yaratilishi va foydalanilgan texnologiyalar haqida so‘zlab berishadi.  #SputnikV  emlangan odamlar shaxsiy tajribalari haqida aytib berishadi", - dedi jamg‘arma vakili.

Ko‘rsatilgan xeshtegga ega kanallar vaksina yangiliklari, vaksinalar soni va ishlab chiqarish ma’lumotlarini e’lon qilish uchun asosiy platformaga aylanadi.

Shuningdek, Twitter, Facebook, Instagram, Youtube orqali emlash bilan bog‘liq yirik tadbirlar va yetakchi mutaxassislarning intervyulari efirga uzatiladi.

Avgust oyida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya markazi tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19ning oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Unga "Sputnik V" nomi berilgan. Preparat uch hafta oralig‘ida ikkita komponentni kiritishni o‘z ichiga oladi.

Yangiliklar lentasi
0