TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘tgan sutkada Rossiyada 20 498 ta koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Uch kundan buyon mamlakatda aniqlangan kassallanish 20 mingdan oshmoqda.
Eng ko‘p kasallanish Moskva (5751), Sankt-Peterburg (1331) va Moskva viloyatida (644) kuzatilgan.
Rossiyada 6-noyabr kuni koronavirus bilan bog‘liq 20 582 ta, 7-noyabr kuni esa 20 396 ta holat qayd etilgan edi.
Pandemiya boshlangan buyon Rossiyada 1 774 334 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Shulardan 1 334 419 nafari tuzalib ketgan. 30 537 kishi virus qurboniga aylangan.