Qishloq vrachlik punktlariga ishga kirganlarga 30 million so‘m beriladi

Obuna bo‘lish
Prezident qishloq vrachlik puntklariga ishga kirgan shifokorlarga 30 million so‘mdan kompensatsiya to‘lash masalasini muhokama qildi.

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Qishloq vrachlik punktlarida vrachlar yetishmaslik muammosi 6-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida muhokama qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda 20 mingdan ziyod vrachlik shatlari mavjud, lekin u yerda hozir 12 ming shifokor ishlamoqda. Sababi - bugungi kunda umumiy amaliyot shifokori kasbi tibbiyot oliygohlari bitiruvchilari uchun jozibador emas. Shuningdek ushbu massasalarda shifokorlarni rag‘batlantirish, malakasini oshirishga e’tibor yo‘q.

Shu bois Prezident shifokorlarga munosib sharoitlar yaratish orqali ularni eng quyi bo‘g‘in – qishloq vrachlik punkti va oilaviy poliklinikalarga jalb qilish zarurligini ta’kidladi.

Buning uchun chekka hududlardagi birlamchi bo‘g‘in tibbiyot tizimi uchun “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilinadi. Bu dasturga muvofiq chekka hududlardagi birlamchi bo‘g‘inga ishga kirgan tibbiyot xodimlariga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mablag‘i beriladi, ular xizmat uyi bilan ta’minlanadi yoki ijara to‘lovi kompensatsiya qilinadi.

Shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojlarni mahallalar kesimida aniqlab, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida kvotani oshirish, ipoteka asosida qurilayotgan uy-joylarni avvalo birlamchi bo‘g‘in shifokorlari uchun ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, kelgusi yilda 100 ta qishloq vrachlik punkti va 24 ta oilaviy poliklinika tashkil etilishi belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0