Qashqadaryoda o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi

© GosKomEkologiiLesnoy pojar v Kashkadarinskoy oblasti
Lesnoy pojar v Kashkadarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Besh gektar maydonni qamrab olgan yong‘in oqibatida o‘rmon xo‘jaligi hududidagi noyob daraxtlar, o‘simlik va hayvonot dunyosiga talofat yetgan.

TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Qashqadaryoda 3noyabr kuni o‘rmon yong‘ini yuz berdi deb xabar qilmoqda viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.

"Qashqadaryoda o‘rmon yong‘ini yuz berdi. Salkam 600 ta Zarafshon archasi yonib ketgan. Yong‘in oqibatida o‘rmon xo‘jaligi hududidagi o‘simlik va hayvonot dunyosiga talofat yetgan. Ayni paytda zarar miqdori aniqlanmoqda",- dedi Karima Yodgorova.

Alohida qayd etishlaricha, yong‘in oqibatida aholi orasida jabrlanganlar yo‘q.

5 gektar maydonni qamrab olgan yong‘in oqibatida o‘rmon xo‘jaligi hududidagi noyob daraxtlar, o‘simlik va hayvonot dunyosiga talofat yetgan.

Yangiliklar lentasi
0