TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti butun dunyo bo‘ylab hukumatlarni yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 73-yillik sessiyasi oldidan BSST veb-saytida tegishli xabar e’lon qilindi.
"O‘tgan yili biz favqulodda vaziyatlarga tayyorligi nuqtayi nazaridan mustahkam infratuzilma <…> ga ega mamlakatlar SARC-CoV-2 virusini oldini olish va nazorat qilish uchun tezkor harakatlarni amalga oshirganliklarini ko‘rdik", - deyilgan xabarda.
BSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasining 48,1 milliondan ortiq holatlari qayd etilgan. Pandemiya 1,23 milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi.