Hodisalar

Toshkentda Milliy gvardiya kiyimini kiyib olgan bosqinchilar ushlandi

© Sledstvennыy departamentPrestupnik v forme Natsionalnoy gvardii
Prestupnik v forme Natsionalnoy gvardii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkent tumanida 3 nafar shaxs xuquqni saqlash organlari kiyimida bosqinchilik sodir etish vaqti qoʻlgan olindi.

TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. Toshkent viloyatida "Milliy gvardiya" xodimlari kiyim-boshiga oʻxshash kiymmlarni kiyib bosqinchilik qilishga uringan 3 nafar shaxslar qoʻlga olindi, deb xabar qilmoqda Tergov qoʻmitasi. 

Maʼlum boʻlishicha 31 oktyabr kuni soat 22:00 da, 36 yoshli J.P., sheriklari 36 yoshli A.I. va 51 yoshli B.A.,lar bilan birgalikda bosqinchilik sodir etish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, qora rangli mato bilan yuzlarini yashirib, egniga “Milliy gvardiya” harbiy kiyimini kiyib, rezina tayoqcha va qoʻl kishani hamda pnevmatik oʻq otar qurol bilan qurollangan holda “Matiz” avtomashinasida Toshkent tumani, Tutzor mahallasi, Nurmakor koʻchasiga kelib, mazkur koʻcha boʻylab “Lacetti” rusumli avtomashinada uyiga kelayotgan, 47 yoshli U.R.,ni yoʻlini toʻsgan holda toʻxtatib, unga hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib, qoʻllarini orqa tarafga qayirgan holda kishanlab, bosqinchilik sodir etib, fuqaro U.R.,ga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashinasining orqa oʻrindigʻiga oʻtkazib, olib ketmoqchi boʻlgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. 

Oʻtkazilgan tintuv davomida uldarning yonidan qoʻl kishani, rezina tayoq, pnevmatik oʻq otar qurol, “Milliy gvardiya” xizmat kiyimi va niqoblar hamda bir necha avtomobil davlat raqamlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Ushbu ish yuzasidan, Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan fuqarolar Jinoyat kodeksining 227-modasi 1-qismi (Hujjatlar, muhrlarni, davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish) va 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilgan.

Jinoyatchilarga nisbatan dastlabki tergov jarayonida “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Yangiliklar lentasi
0