TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. Satirik - yozuvchi Mixail Jvanetskiy 86-yoshida vafot etdi, deb xabar qildi Alla Pugacheva oʻz instagramida.
"Mana tugadi. Sen ham bizni mangu tark etding. Toʻldirib boʻlmas yoʻqotish. Seni unutib boʻlmaydi doʻstim. Sen doim mening yuragimdasan", — deb yozib qoldirgan xonanda.
Jvanetskiy 86 yoshda edi. Dastlab u yoshi tufayli ommaviy chiqishlarini toʻxtatgan edi. Undan tashqari u oʻzini yomon his qilayotgani haqida ham xabar qilgan.
Mixaíl Mixáylovich Jvanétskiy - 1934 yil 6 martda Odessada tugʻilgan. Rus satirik-yozuvchisi, oʻz asarlari ijrochisi, kinostsenarist, teleboshlovchi, aktyor. Ukraina xalq artisti, (1999), Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2012). Rossiya prezidenti premiyasi laureati(2002).