Kreml Putinning iste’foga chiqishi haqidagi xabarlarni rad etdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO "VPK "NPO mashinostroyeniya" G. Yefremovim
Rabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO VPK NPO mashinostroyeniya G. Yefremovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning iste’foga chiqish rejalari haqidagi xabarlarni rad etdi.

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning iste’foga chiqish rejalari haqidagi yozilgan xabarlarni safsata deb atadi.

Ba’zi G‘arb ommaviy axborot vositalari bu haqda xabarlar yozishdi: ularda kasallik yoki oila a’zolarining iltimosi sabab sifatida ko‘rsatilgan.

"Bilasizmi, bu yerda izoh beradigan narsaning o‘zi yo‘q. <...> Prezident bilan hammasi joyida, uning salomatligi juda yaxshi", - deb javob berdi Peskov.

Shundan so‘ng, Putin davlat rahbari lavozimini tark etmoqchi emas, deb ta’kidladi Peskov.

Yangiliklar lentasi
0