O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish sur’ati oshdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishLiniya po proizvodstvu sementa
Liniya po proizvodstvu sementa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat 2020-yilning 9 oyida bir qator xorijiy davlatlarga qiymati 24,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan sement eksport qilgan.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekistonda joriy yilning 9 oyida 7,8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,6 % ni tashkil etdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Rabochiy demonstriruyet produksiyu zavoda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sementni “yashil yo‘lak” orqali import qilish taklif qilindi

Sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent viloyati 47,2 %, Navoiy viloyati 35,5 % hamda Farg‘ona viloyati 11,8 % hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mamlakat 2020-yilning 9 oyida Afg‘oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa bir qator xorijiy davlatlarga qiymati 24,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan sement eksport qilgan.

O‘z navbatida mamlakatga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Eron, Rossiya va boshqa davlatlardan  qiymati 87,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan sement mahsuloti import qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda sement importi tartibi soddalashtirilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0