Kamilov va Kazakbayev hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

© MID Uzbekistana5 noyabrya 2020 goda sostoyalas vstrecha Ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziza Kamilova i Ministra inostrannix del Kirgizskoy Respubliki Ruslana Kazakbayeva
5 noyabrya 2020 goda sostoyalas vstrecha Ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziza Kamilova i Ministra inostrannix del Kirgizskoy Respubliki Ruslana Kazakbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan qirg‘izistonlik hamkasbi Ruslan Kazakbayev bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashdi.

“Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, suv xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi”, - deyilgan O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishchia, vazirlar ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibini muhokama qildilar. Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ijobiy sur’atini saqlab qolishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ma’lum qilindi.

© MID Uzbekistana5 noyabrya 2020 goda sostoyalas vstrecha Ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziza Kamilova i Ministra inostrannix del Kirgizskoy Respubliki Ruslana Kazakbayeva
Kamilov va Kazakbayev hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi - Sputnik O‘zbekiston
5 noyabrya 2020 goda sostoyalas vstrecha Ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziza Kamilova i Ministra inostrannix del Kirgizskoy Respubliki Ruslana Kazakbayeva

Tomonlar, shuningdek, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va pandemiyaning O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sirini minimallashtirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar to‘g‘risida fikr almashdilar.

TIV rahbarlari ikki tomonlama tadbirlarni davom ettirish, shu jumladan, O‘zbekiston-Qirg‘iziston Hukumatlararo komissiyasining va ikki mamlakat chegaraoldi viloyatlari hokimlari (vakolatli vakillari) Kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 5-6 noyabr kunlari kunlari Qirg‘iziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0