Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi

© Novosti UzbekistanaSotrudnik nalogovoy inspeksii Uzbekistana
Sotrudnik nalogovoy inspeksii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OTM moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek, iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlaydi.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyeyovning qaroriga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi.

Institutda soliqqa tortish va moliyaviy nazorat sohalari uchun bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni kredit-modul tizimi asosida tayyorlanadi, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari takomillashtiriladi.

Zdanie Yuridicheskogo instituta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
TDUUning xorijdagi ilk fakulteti Tojikistonda ochildi

Fiskal institut:

- soliqlar va soliqqa tortish sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch OTM;

- moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida  kadrlar tayyorlash va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini ta’minlaydigan OTM hisoblanadi.

Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0