Bosh prokuratura “UzAuto Motors”ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputlarning “UzAuto Motors” AJda qonunchilik hujjatlari buzilishi, korrupsion holatlar va iste’molchilar huquqlariga putur yetkazish kabi alomatlar ko‘rinayotganligi sababli yo‘llagan so‘roviga javob keldi.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi “UzAuto Motors” kompaniyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etdi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.   

Uning so‘zlariga ko‘ra, 21-avgust kuni Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha “UzAuto Motors” AJda qonunchilik hujjatlari buzilishi, korrupsion holatlar va iste’molchilar huquqlariga putur yetkazish kabi alomatlar ko‘rinayotganligi sababli Bosh prokuraturaga “Deputatlik so‘rovi” yuborgan. Mazkur masalani o‘rganib huquqiy baho berilishi va jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligi yuzasidan o‘z nuqtayi-nazarini bayon etishni so‘ralgan.

“Ko‘pchilik saylovchilarni qiziqtirayotgan so‘rov yuzasidan shu yilning 4-noyabr kuni Bosh prokuror o‘rinbosari imzosi bilan xabarnoma shaklida javob xati oldik. Bosh prokuratura tomonidan 28.10.2020 sanasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan xabarnomada “UzAuto Motors” AJda o‘tkazilgan tekshirishda to‘plangan hujjatlar bo‘yicha  jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilganligi, agar tekshirishdan norozi bo‘lsak qaror ustidan shikoyat qilishimiz mumkinligi ma’lum qilingan”, - deya yozgan deputat.

Kusherbayev “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay yozma javob yuborishi, so‘rovga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanishi belgilanganini eslatgan.

Avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Monopoliyaga qarshi qo‘mita OAVga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda - UzAuto

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq, mansabdor shaxslar tomonidan parlament so‘rovini, deputat, senator so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni qasddan taqdim etish, mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda (669 mingdan 1,56 mln so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar ma’muriy sudi 30-oktabr kuni arizachi “UzAuto Motors” AJning shikoyat arizasini qanoatlantirdi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarorini haqiqiy emas deb topdi. Avvalroq MQKQ kompaniya yengil avtomobillar narxlarini o‘rtacha 10,29 foizga oshirganini ma’lum qilgan edi. Shu bois narxlar arzonlashtirishi va mijozlarga qayta hisoblab berishishi lozim edi. "UzAuto Motors" bunga javoban avtomobillar narxi asosli va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsiz ekanini ma’lum qildi va sudga berdi.

Yangiliklar lentasi
0