Dunyoda

Sloveniya bosh vaziri Trampni AQSH prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi

© AFP 2023 / Mandel NganDonald Tramp i Melaniya Tramp v Belom dome v den vыborov v SSHA
Donald Tramp i Melaniya Tramp v Belom dome v den vыborov v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQShdagi saylovlarning yakuniy natijalari maʼlum emasligiga qaramasdan Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansha Donald Trampni qutladi.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansha Amerika prezidenti Donald Trampni AQShdagi saylovlarning yakuniy natijalari maʼlum emasligiga qaramasdan qayta saylangani bilan qutladi.

Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp undan saylovdagi gʻalabani oʻgʻirlashlariga yoʻl qoʻymasligini aytdi

“Aniq koʻrinib turibdiki, Amerika xalqi Donald Tramp va Mayk Pensni (vitse-prezident) keyingi toʻrt yilga sayladi... Respublika partiyasini kuchli natijalar bilan muborakbod etaman”, - deya yozdi siyosatchi Twitterʼda.

Sloveniya bosh vazirining fikriga koʻra, markaziy ommaviy axborot vositalar tomonidan faktni qanchalik rad etilsa va choʻzilsa, AQSH prezidentining zafari shunchalik ulkan boʻladi.

3 noyabr kuni AQShda prezident saylovlari boʻlib oʻtdi. Hozir ovozlarni hisoblash jarayoni davom etmoqda. Saylovda kim gʻolib chiqqani hozircha maʼlum emas. Donald Tramp va Jo Bayden oʻrtasidagi ovozlar farqi unchalik katta emas.

Yangiliklar lentasi
0