Iqtisod

Mirziyoyev: Xitoy–Qirgʻiziston–Oʻzbekiston temir yoʻl qurilishini tezlashtirish tarafdorimiz

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shavkat Mirziyoyev transport sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish va Markaziy Osiyo transport-tranzit salohiyatini kengaytirish muhim ustuvor yoʻnalish boʻlib qolayotganini taʼkidladi.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “CIIE-2020” Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro koʻrgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Uchastok jeleznodorojnogo puti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Jeenbekov Xitoy-Oʻzbekiston temir yoʻlini Yevropa va Osiyoning bogʻlanishi deb atadi

Oʻzbekiston prezidenti videoaloqa orqali yoʻllagan murojaatida transport sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish va Markaziy Osiyo transport-tranzit salohiyatini kengaytirish muhim ustuvor yoʻnalish boʻlib qolayotganini taʼkidladi.

"Oʻzbekiston–Qirgʻiziston–Xitoy" temir yoʻli qurilishida eng maqbul yoʻnalish tanlashga kelishildi

Oʻzbekiston mintaqaviy va hududlararo aloqalarni mustahkamlash uchun keng istiqbollar ochib berayotgan “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini faol qoʻllab-quvvatlayotgani, Markaziy Osiyo, Buyuk ipak yoʻli davrida boʻlganidek, Yevropa va Osiyo oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va transport-tranzit yoʻlaklarining xabiga aylanishi mumkinligiga ishonch bildirildi.

“Xitoy–Qirgʻiziston–Oʻzbekiston yangi multimodal transport yoʻlagi ochilganini olqishlaymiz, ushbu marshrut boʻylab temir yoʻl qurish loyihasini tezlashtirish tarafdorimiz”, - dedi Mirziyoyev.

Markaziy va Janubiy Osiyo temir yoʻllari tizimlarini bogʻlaydigan yangi transport yoʻlaklarini yaratish borasidagi tashabbus katta ahamiyatga ega ekani, bu Yevroosiyo qitʼasidagi quruqlik transporti tizimini tutashtirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Yangiliklar lentasi
0