TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 72 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 67 698 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 10 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 12 nafari Sirdaryo viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Fargʻona viloyatida, 19 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 575 nafarga yetdi.
Shu paytga qadar 64 885 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (96 foiz) sogʻaygan. Hozirda mamlakatda 2 238 nafar bemor davolanmoqda.