Eronning O‘zbekistondagi elchisi ikki mamlakat o‘rtasida vizani bekor qilishni taklif etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi Irana i Uzbekistana
Flagi Irana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eronning O‘zbekistondagi elchisi Hamid Nayrobodiy vizani bekor qilish va boj to‘lovlarini kamaytirish lozimligini ta’kidladi.

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Eronning O‘zbekistonga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayrobodiy ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish taklifi bilan chiqdi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Eron va O‘zbekiston turizm bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar qatorida turadi. Tarixiy va nodir meros sayyohlarni muntazam jalb etish uchun qulay imkoniyat taqdim etgan.

Eron O‘zbekiston tarixiy obyektlari restavratsiyasida ishtirok etadi

“Bu borada ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish eng to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylayman. Men shuni tarafdoriman. Bundan tashqari turli biznes-tadbirlar, jumladan videokonferensiya shaklidagi muloqotlar tashkillashtirish orqali tadbirkorlarni yanada yaqinlashtirishimiz mumkin. Texnik-muhandislik xizmatlari, tibbiyot va yangi texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Men o‘z missiyam davomida ana shu rejalarni hayotga to‘liq tadbiq eta olsam, bundan xursand bo‘lardim”, - dedi Hamid Nayrobodiy “Dunyo” AAga bergan intervyusida.

Diplomat O‘zbekiston va Eron o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi.

O‘zbekiston, Eron va Afg‘oniston transport sohasida yangi bitim imzolashi kutilmoqda

Uning so‘zlariga ko‘ra, boj to‘lovlarini kamaytirish va bojxona to‘siqlarini olib tashlash tomon harakat qilish kerak. Shuningdek, transport loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0