TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Avstriya poytaxti Venadagi teraktdan so‘ng to‘rt kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Kurier” nashri shahar meri Mixael Lyudvig ma’lumotlariga asoslangan holda xabar qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yana 18 kishi yarador bo‘lgan.
2 noyabr kuni bir guruh noma’lum shaxslar Venada qator hujumlarni amalga oshirdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oltita joyda ro‘y bergan. OAV hujumlarda bir nechta jinoyatchi ishtirok etganini xabar qilmoqda. Ulardan birini yo‘q qilishga erishilgan. Qolgani qochib ketgan va hozir ularni qidirishmoqda.
Hukumat hujumni terakt deb hisoblamoqda. Shahar aholisidan vaqtincha uylarini tark etmaslik so‘ralgan. Milliy kengash va parlament majlislari bekor qilingan, maktablarda darslar vaqtincha to‘xtatilgan.