TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimi ishtirokchilariga videoaloqa orqali tabrik so‘zi yo‘llaydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Taklif Xitoy raisi Si Szinpindan kelib tushgan. Ko‘rgazma 4-noyabr kuni Shanxay shahrida bo‘lib o‘tadi.
Davlati rahbari o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning eng muhim jihatlari hamda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozli holatlarni birgalikda yengib o‘tish choralariga to‘xtaladi.
Tadbirda qator xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari ham tabrik so‘zi bilan chiqishi kutilmoqda.