TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Abduhakim Xadjibayev nomzodi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“2020 yil 3-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Abduhakim Xadjibayev nomzodini ko‘rib chiqdilar”, - deyilgan xabarda.
Xalq vakillari tomonidan Abduhakim Xadjibayev nomzodi ma’qullandi.
Abduhakim Xadjibayev joriy yil iyul oyida O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Xadjibayev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan edi. Shu tariqa mazkur lavozimga uchinchi bor tayinlangan edi.