TOShKENT, 3 noya - Sputnik. prezident saylovidan so‘ng tartibsizliklar yuz berishidan qo‘rqib, amerikaliklar yoppasiga qurol sotib olishmoqda, deb xabar qilmoqda RT AQShning Sky News agentligiga asosan.
Xususan, Michigan shtatida ilk bor qurol-aslaha ana shunday misli ko‘rilmagan hajmlarda sotilmoqda, - deyilgan xabarda.
Shu bilan bir vaqtda, qurollangan guruhlar faollashgani ham qayd etilmoqda. Mahalliy aholi fikriga ko‘ra, bundaylar hamma narsaga tayyor.
Oldinroq, AQShda magazin egalari tartibsizliklar boshlanib ketishidan qo‘rqib, magazin vitrinalarini fanera bilan himoya qilayotgani, aholi orasida o‘zini-o‘zi himoya qilishga tayyorlanayotgan qurolli guruhlar paydo bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ayni damda AQSh Milliy Gvardiyasining maxsus batalonlari tuliq shay holatga keltirilgan. Politsiya mahalliy aholiga kelayotgan saylov kunlarida dam olish kunlari olib o‘z uylarini tark etmaslikni tavsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp saylovda mag‘lub bo‘lgan taqdirda hukumatni o‘z ixtiyori bilan tark etmasligini e’lon qilgan edi.