Noyabrda ob-havo qanday bo‘ladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishOsennyaya pogoda
Osennyaya pogoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noyabrning deyarli butun birinchi haftasi davomida O‘zbekistonda ob-havo kam bulutli bo‘ladi. Keyinchalik issiq to‘lqinlar sovuq to‘lqinlar bilan almashib turadi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zgidromet noyabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqida dastlabki ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, noyabr oyi haroratning keskin o‘zgarishlari bilan ajralib turadi. Noyabr oyining o‘rtacha harorati oktabrga nisbatan 5-7 daraja pastdir. Bu oyda yog‘ingarchilik ham ko‘proq kuzatiladi. Noyabrda yomg‘irning qorga aylanish holatlari takrorlanib turadi. Tog‘li tumanlarda ayrim joylarda qor qoplami hosil bo‘lsada, ko‘pincha u beqaror bo‘ladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu yilgi noyabr ham harorat, ham yog‘ingarchilik bo‘yicha meyorlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Noyabrning deyarli butun birinchi haftasi davomida O‘zbekistonda ob-havo kam bulutli bo‘ladi. Dam olish kunlarida bulutlilik ortadi, biroq quruq havo keyingi haftaning boshigacha saqlanib turadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Keyinchalik issiq to‘lqinlar sovuq to‘lqinlar bilan almashib turadi, harorat kechasi 5-8 daraja iliqdan 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 17-20 daraja issiqdan 3-6 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0