Moliya vazirligi O‘zbekiston 2021-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni taqdim etdi. Unda ko‘rsatilishiga ko‘ra keyingi yilgi davlat budjetida jami daromadlar 178,5 trillion so‘m, xarajatlar - 215,95 trln. so‘m miqdorida belgilangan. Budjet defitsiti 37,43 trln. so‘mni tashkil qilishi kerak.
Davlat budjetining xarajatlar bo‘limida eng katta qismi - Moliya vazirligi (54,3 trln.) ko‘rsatilgan. Undan so‘ng Xalq ta’limi (22,1), Maktabgacha ta’lim vazirligi (5,4) va Transport vazirligi (3,4). Shuningdek Maqsadli fondlarga o‘tkazmalar (15,8 trln.) va davlat qarzini qoplash (7,76 trln. so‘m) ham qayd etilgan.
FVV, IIV va Mudofaa vazirliklari xarajatlari budjetda aks ettirilmagan. Batafsil infografikamizda tomosha qiling.