TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 1-noyabrdan boshlab import dizel yoqilg‘isining narxi 6500 so‘mdan 6000 so‘mga arzonlashtiriladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, kompaniya neft mahsulotlarining narxini bosqichma-bosqich arzonlashtirmoqda. Jumladan, “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 1 noyabrdan boshlab import dizel yoqilg‘isi 6000 so‘mdan sotila boshlaydi.
“Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot narxini muntazam o‘rganib, tahlil qilib boramiz. Agarda mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxini, albatta, kamaytirish zarur, deb hisoblaymiz. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi”, – deydi “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev.
Avvalroq Ai-92 markali benzin narxi 15-sentabrdan boshlab arzonlashtirilgani haqida xabar qilingan edi.