Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga allaqachon besh kishi da’vogarlik qilmoqda

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov Kreslo prezidenta Kirgizstana
 Kreslo prezidenta Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga to‘rt kishi o‘z nomzodini ilgari surish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qildi. Avvalroq prezident v.b. Japarov ham saylovlarda ishtirok etmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. 31-oktabr holatiga ko‘ra Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga to‘rt kishidan mamlakat prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surish to‘g‘risidagi ariza kelib tushdi.

Sputnik Qirg‘iziston nashri xabariga ko‘ra, quyidagilar davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilmoqda:

  • Adaxan Madumarov — “Butun Qirg‘iziston” partiyasi yetakchisi;
  • Arstanbek Abdildayev —“Aurdin” MChJ direktori;
  • Kuban Choroyev — “Qadimiy ko‘chmanchi tamadduni” Tarixiy-madaniy meros va ma’naviyatni qayta tiklash” jamg‘armasi boshqaruvchi raisi;
  • Nazarbek Nishanov — “Lider-Antikrizis” jamoatchilik tashkiloti prezidenti.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarov iste’foga chiqishi va davlat rahbari saylovlarida ishtirok etishini ma’lum qilgandi.

Qirg‘izistonda prezident saylovlari 2021-yil 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0