Qashqadaryoda fuqaro arzimagan qarz sabab qarindoshini pichoqladi

CC0 / Pixabay / Noj v ruke
Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shahrisabz tumanida 170 000 so‘m sabab yuzaga kelgan janjal bir kishining o‘limi bilan yakunlandi. 21 yoshli yigit qarindoshini pichoqlab qo‘ydi.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida qarz sabab yuzaga kelgan janjal bir kishining o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda qarzini qaytarmaslik uchun tarbiyachini o‘ldirgan shaxs aniqlandi

Hodisa 27-oktabr kuni soat 22:00 da ro‘y bergan. 21 yoshli Z.I. Shahrisabz tumani “O‘rtaqo‘rg‘on” qishlog‘ida yashovchi qarindoshi 24 yoshli J.E.ning uyiga borib, 170 ming so‘m qarzini so‘ragan. U bilan o‘zaro janjallashib qolib, J.E.ga oshxona pichog‘i bilan turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari yetkazgan.

Fuqaro J.E. Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ammo olgan tan jarohatlari oqibatida tashqi qon ketishi, o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligidan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Z.I. ga nisbatan O‘zbekiston JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0