TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi paxta mavsumida 158 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.
“Xususan, joylarda 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xo‘jaligi va klasterlarda o‘tkazilgan monitoring natijasida mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan 158 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy javobogarlikka tortilgan”, - deyilgan xabarda.
Bunda, 35 nafar mansabdor shaxsga majburiy mehnatga jalb etish holati yuzasidan 372 mln. 410 ming so‘m miqdoridagi ma’muriy jarima, band bo‘lmagan aholini terimga jalb qilish, terimchilar uchun munosib mehnat hamda dam olish sharoitlarini yaratish, terim pullarini o‘z vaqtida va belgilangan meyorlarda berish masalalari yuzasidan 123 nafar mansabdor shaxslarga 204 mln. 937 ming so‘m miqdorida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortildi.
O‘tkazilgan monitoring davomida 550 dan ortiq fuqarolar bilan tegishli shartnomalar rasmiylashtirilmaganligi aniqlanib, nafaqat fermer xo‘jaliklari va klasterlar rahbarlari, balki, fuqarolar bilan ham tushuntirish ishlari olib borildi va tegishli shartnomalar tuzildi. 53 ta holatda aybdorlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, joylardagi 17 ta fermer xo‘jaligi va klasterlarda terim pullari o‘z vaqtida berilmagan 410 nafardan ortiq fuqaroga 173 mln. so‘mdan ortiq kunlik ish haqi to‘lab berilishi ta’minlandi.
Xususan, ijtimoiy tarmoqdan kelib tushgan murojaatni o‘rganish jarayonida Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi “Temurbek Xamidbek” fermer xo‘jaligi rahbari joriy yilning 14 oktabridan 20 oktabriga qadar terimchilarga mehnat haqini kechiktirganligi sababli ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma asosida terimchilarning paxta pullari to‘lab berildi.