TOShKENT, 31 okt - Sputnik. 2020-yilning uchinchi choragida O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) ma’lumotlarida keltirilgan.
O‘zbekiston Markaziy banki 35 tonna qimmatbaho metallni sotgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni 22 tonna ko‘rsatkich bilan Turkiya egallagan. Rossiya esa 1,2 tonna ko‘rsatkichi bilan faol oltin sotuvchi mamlakatlar qatoridan joy olgan.
Oltin savdosining ortishi ayrim ishlab-chiqaruvchi-davlatlar pandemiyaoqibatlarini yumshatish uchun oltinga bo‘lgan rekord darajadagi narxlardan foydalanib qolish maqsadlari bilan bog‘liq, deb ta’kidlagan Bloomberg ekspertlari.
Oltin narxi avgust oyining boshida rekord darajaga - ya’ni bir unsiya uchun 2067 dollarga ko‘tarilgan.
MB O‘zbekiston xalqaro zaxiralari qanchani tashkil qilishini ma’lum qildi >>>
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi boshlarida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari may oyidan buyon birinchi bor qisqargan edi.