Siyosat

Oʻzbekiston prezidenti Turkiya yetakchisiga hamdardlik bildirdi

© REUTERS/Tuncay DersinliogluZemletryaseniye v Turtsii
Zemletryaseniye v Turtsii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Juma kuni Turkiyaning gʻarbiy qismida 6,6 balli zilzila yuz bergan edi. Zilzila epitsentri Izmir viloyatining Seferixisar shahri hududida joylashgan.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdogʻanga taʼziya yoʻlladi.

Zemletryaseniye v Turtsii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiya va Gretsiyada kuchli zilzila yuz berdi - video

Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.

"Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi", - deyiladi xabarda.

Juma kuni Turkiyaning gʻarbiy qismida 6,6 balli zilzila yuz bergan edi. Zilzila epitsentri Izmir viloyatining Seferixisar shahri hududida joylashgan.

Shu vaqtgacha zilzila oqibatida qurbon boʻlgan insonlar soni 24 nafarga yetgani, 804 kishi jabrlangani haqida maʼlumot berildi.

Zilzila kichikroq tsunamini yuzaga keltirgan, Seferixisarda qirgʻoqqa yaqin koʻchalarni suv bosgan.

Sal keyin Anadolu agentligi Turkiyadagi Egey dengizi qirgʻoqlarida kun davomidagi ikkinchi zilzila yuz bergani, uning magnitudasi 5,1 ballni tashkil etgani haqida xabar bergan. 

Yangiliklar lentasi
0