TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Bu yilgi OTMlarga qabul mavsumida 300dan ortiq sohta harbiy tavsiyanomalar aniqlandi, deb xabar qildi DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
2020 – 2021 o‘quv yilida jami 13107 nafar abituriyent harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi taqdim etgan. Ulardan 1828 tasi qayta tekshirilgan.
Tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlangan:
- 1516 nafari tavsiyanomalar haqiqiyligi;
- 172 nafari safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilgani;
- 85 nafari harbiy xizmatni o‘tamagani;
- 55 nafari harbiy xizmatni o‘tgan bo‘lsa-da, tavsiyanomaga ega emasligi.
Tekshiruv natijalari test natijalari bilan birga tahlil qilinganidan so‘ng 1615 nafar abituriyentdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.