Tojikiston MDHning eng kambag‘al davlati - XVJ

© Sputnik / Amir IsayevJiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse
Jiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonda aholi jon boshiga yillik daromad miqdori 833 $ni tashkil qiladi. Qirg‘izistonda ushbu ko‘rsatgich - $1 147, O‘zbekistonda – $1 762.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Tojkistonda aholi jon boshiga yillik daromad miqdori 833 dollarni tashkil qiladi. Bu haqida Xalqaro valyuta jamg‘armasining oktabr oyida e’lon qilingan hisobotida aytib o‘tilgan.

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, Qirg‘izistonda ushbu ko‘rsatgich - $1 147, O‘zbekistonda – $1 762, Qozog‘istonda – $8 781. Turkmaniston haqida ma’lumot yo‘q.

Planeta Zemlya iz kosmosa - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi eng boy odam "Yerni qutqarish" uchun 10 mlrd $ ajratdi

Sobiq SSSR hududida jon boshiga eng yuqori daromad Boltiqbo‘yi mamlakatlarida qayd etilgan. Estoniyada - $23 000, Litvada – $19 800, Latviyada $17 200.

Rossiyada jon boshiga daromad miqdori $9 972, Belarusda - $6 133, Armanistonda  – $ 4 314, Moldovada – $4 267, Ozarbayjonda – $4 124 va Ukrainada – $3 491ni tashkil qildi.

XVJ ma’lumotiga ko‘ra dunyoning eng boy mamlakatlari Qatar $139 000, Makao – $113 000, Lyuksemburg – $112 000 va Singapur – $105 000.

Eng kambag‘al mamlakatlar esa: Kongo - $661, Burundi – $630 va MAR – $368.

Yangiliklar lentasi
0