O‘zbekiston Abxaziyada qolib ketgan fuqarolarining ikkinchi guruhini olib keldi

© SputnikBoing 767
Boing 767 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abxaziyadan 299 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi. Yaqin vaqt ichida Sochi shahridan navbatdagi charter reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. 28-oktabr kuni Abxaziyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarining 299 kishidan iborat ikkinchi guruhi Sochi shahridan vatanga qaytarildi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, buning uchun “Uzbekistan Airways” AJ charter reysni amalga oshirgan.

Avvalroq, 9-oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ maxsus poyezdida yordamga muhtoj (homilador ayollar, qariyalar, kasallar va bolali ayollar) 19 nafar hamurtlarimizdan iborat birinchi guruh vatanga qaytarilgan edi.

Abxazo-rossiyskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
TIV: Abxaziyadagi fuqarolarning birinchi guruhini oktabrda qaytarish rejalashtirilgan

Ayni paytda O‘zbekiston diplomatlari ushbu chegaraoldi hududida bo‘lib, Abxaziyadagi vatandoshlar bilan bog‘liq vaziyatni nazorat qilmoqda.

Hozirgi vaqtda Rossiya tomoni bilan Rossiya  hududi orqali Abxaziyada qolgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelishni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan yaqin vaqt ichida Sochi shahridan navbatdagi charter reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.

Vazirlik koronavirus pandemiyasi paytida fuqarolarning bir joyda to‘planishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshirishini eslatgan.

“Xorjiy mamlakatlar hududidagi vatandoshlarimizdan ommamiy to‘planmaslik, barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilish hamda o‘zlari va yaqinlari salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini yana bir bor so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0