Rossiya elchisi AQShning Yevropadagi gipertovushli raketalar haqidagi bayonotiga javob qaytardi

© Sputnik / Aleksey Agarishev / Mediabankka o‘tishPosol Rossii v Vashingtone Anatoliy Antonov
Posol Rossii v Vashingtone Anatoliy Antonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Vashington Rossiyani tutib turish uchun Yevropada gipertovushli qurol va ballistik raketa joylashtirishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov Yevropadagi raketa qurollanish poygasidan ogohlantirdi.

Diplomat AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayenning bayonotiga shunday munosabat bildirdi. O'Brayen 28-oktabr kuni Vashington Rossiyani tutib turish uchun Yevropada gipertovushli qurol va ballistik raketa joylashtirishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Zdanie MID Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV G‘arbning Putinning RSMDga oid taklifiga munosabatini mas’uliyatsizlik deb atadi

“Shunga o‘xshash niyatlar mintaqa va global xavfsizlik muvozanati yo‘qolish xavfini tug‘diradi, qarama-qarshilik potensialining oshishiga olib keladi. <...> Agar Vashington haqiqatdan ham “qurollanish ustidagi real nazoratdan” manfaatdor bo‘lsa, buning uchun Yevropa qit’asida raketa qurollanish poygasini keskinlashtirishning hojati yo‘q”, - degan Antonov. Uning bayonotini Rossiya elchixonasi Facebook᾽dagi sahifasida e’lon qildi.

Rossiya elchisi Vladimir Putin O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish shartnomasi (DRSMD) to‘xtashi sharoitida keskinlikka barham berish taklifini “konstruktiv muqobil” deb atagan.

“Rossiya Yevropa qit’asi va dunyoning boshqa mintaqalarida yangi raketa qurollanish poygasining oldini olish bo‘yicha xorijlik hamkorlari bilan birgalikdagi sa’y-harakatlarga tayyor”, - deya xulosa qilgan Antonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV G‘arbning Rossiya prezidentining DRSMDga oid taklifiga bo‘lgan munosabatini mas’uliyatsizlik deb atagan edi.

Yangiliklar lentasi
0