Nissa cherkovidagi hujum – ayni vaqtda nimalar ma’lum

© AFP 2023 / VALERY HACHENapadenie s nojom na proxojix v Nisse
Napadenie s nojom na proxojix v Nisse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyaning Nissa shahridagi Notr-Dam cherkovida noma’lum shaxs pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Fransiya bo‘ylab terrorizm tahdidining maksimal darajasi e’lon qilindi.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Fransiyaning Nissa shahridagi Notr-Dam cherkovida noma’lum shaxs pichoq bilan odamlarga hujum qildi.

Sotrudnik politsii v Nisse - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya: Nissa cherkovida noma’lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qildi

Sputnik shu vaqtgacha ma’lum bo‘lgan asosiy xabarlarni to‘pladi:

- ertalab noma’lum shaxs pichoq bilan cherkovga kirdi va islomiy shiorlarni baqirib, 3 kishini pichoqladi, shu jumladan, mahalliy nashrlar xabar berishicha, bir ayol boshidan judo qilindi.

- politsiya hujum qilgan shaxsni qo‘lga oldi, u kasalxonada, ishni antiterror prokuraturasi olib bormoqda

- huquqbuzarning shaxsi haqida uning yoshidan boshqa hech narsa ma’lum emas – 25 atrofida. Mahalliy nashr yozishicha, u 21 yoshli tunislik.

- butun Fransiya bo‘ylab terrorizm tahdidining maksimal darajasi e’lon qilindi, Makron bugun fojiaga yo‘lga chiqdi va ertaga Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi.

- hujum Yevropa rahbarlarini hayratga soldi, Turkiya Charlie Hebdo karikaturalari bilan bog‘liq ziddiyatga qaramay hujumni qoraladi.

- Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga hamdardlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0