Mashhur turkolog olim Andrey Kubatin vafot etdi

© Facebook / Andrey KubatinUcheniy-vostokoved Andrey Kubatin
Ucheniy-vostokoved Andrey Kubatin  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andrey Kubatin vafoti munosabati bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari olimning oilasiga, birinchi galda turmush o‘rtog‘iga chuqur hamdardlik izhor qilishmoqda

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Turkolog olim Andrey Kubatin 36 yoshida koronavirus kasalligidan olamdan o‘tdi. Bu haqda Kubatinning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar berildi.

Narodniy poet Uzbekistana Omon Matjon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon vafot etdi

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda olim vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildirilmoqda.

Andrey Kubatin 2019 yil dekabrdan buyon O‘zbekiston FA Milliy arxeologiya markazida faoliyat yuritib kelayotgandi.

"O‘zbek ilm dunyosi umidli olimidan ayrildi. To‘ldirilishi qiyin bo‘lgan yo‘qotish... Ming afsuski, uning hali qiladigan ishlari ko‘p edi... Inna lillahi va inna ilayhi roji’un, Alloh rahmatiga olsin", - deb yozgan Kubatinni tanigan insonlardan biri.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan yosh olim 2017-yili Jinoyat kodeksining 157-moddasi ("Davlatga xoinlik qilish") nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib hibsga olingandi. O‘sha yili Kubatinga nisbatan 11-yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

2019 yil 26 sentabr kuni Toshkent viloyati sudida Kubatinning ishi qayta ko‘rib chiqilgan va olim to‘liq oqlanib, sud zalidan ozod etilgan. 

Yangiliklar lentasi
0