Farg‘onada tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayollar jinoiy uyushmasi qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishDveri SIZO
Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kunduz kuni uch ayol birovning xonadoniga kirib, 56 million 100 ming so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketishgan

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Uchko‘prik tumanida xonadondan 56,1 million so‘mlik tilla-taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayollar aniqlandi, deb xabar beradi Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati.

Koldunya - Sputnik O‘zbekiston
Folbinga ishongan toshkentlik qiz ham yigitsiz, ham tilla taqinchoqsiz qoldi

Xabarda aytilishicha, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi qishloqlarning birida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, 17-oktabr kuni kunduzi noma’lum shaxs uyiga kirib, yotoqxonasidagi javondan qiymati 56 million 100 ming so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "b,g" bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.Sh., H.N., va M.M. ismli ayollar sodir etganligi aniqlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

Yangiliklar lentasi
0