So‘nggi kunlarda Yevropada koronavirus tez sur’atlarda tarqalmoqda. Vaziyat uning ham g‘arbiy, ham sharqiy qismida yomonlashmoqda. Fransiya esa kasallanish soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘ringa chiqdi. Uning ortidan Ispaniya joylashgan. Yevropa mamlakatlari hukumati yanada qat’iyroq choralar ko‘rishga majbur bo‘lmoqda.
Chexiya, Sloveniya, Shveysariya, Italiya komentdatlik soati joriy etdi.
Fransiyada 30-oktabrdan 1-dekabrga qadar takroriy umummilliy karantin e’lon qilindi. Germaniyada ham 2-noyabrdan karantin cheklovlari qayta joriy etiladi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitda Yevropadagi hayot Sputnik fotojamlanmasida.

1/14
© AP Photo / Andreea Alexandru
Buxarestning eski qismidagi restoran mijozlari va ko‘cha musiqachisi. Ruminiya.

2/14
© AP Photo / Vadim Ghirda
Buxarest ko‘chalari bo‘ylab supermen libosini kiygan erkak skuterda harakatlanmoqda. Ruminiya.

3/14
© AP Photo / Emilio Morenatti
Barselonadagi Rambla ko‘chasida niqob taqqan yo‘lovchilar. Ispaniya.

4/14
© AP Photo / Alessandra Tarantino
Rimdagi bo‘sh restoran oldidagi holat. Italiya.

5/14
© AP Photo / Darko Vojinovic
Belgrad markazidagi ko‘chalarda niqob taqqan yo‘lovchilar. Serbiya.

6/14
© AP Photo / Alastair Grant
Londonda Old-Kompton stritning o‘tish qismidagi niqob taqqan ofitsiantlar xizmat ko‘rsatmoqda. Buyuk Britaniya.

7/14
© AP Photo / Markus Schreiber
Berlindagi "Orol muzeyi" hududida ochiq osmon ostida raqsga tushayotgan kishilar. Germaniya.

8/14
© AP Photo / Michael Probst
Frankfurtda bo‘sh barda o‘tirgan erkak. Germaniya.

9/14
© AP Photo / Pavel Golovkin
Moskvadagi "Strelka" baridagi barmen.

10/14
© AP Photo / Peter Dejong
Amsterdamdagi deyarli huvullagan "qizil chiroqlar mahallasidagi" ijtimoiy masofaga rioya qilish zarurligini yozilgan yurak.

11/14
© AP Photo / Emrah Gurel
Istanbuldagi restoranlar. Turkiya.

12/14
© AP Photo / Petr David Josek
Pragadagi maydon bo‘ylab ketayotgan ayol. Chexiya.

13/14
© AP Photo / Alessandra Tarantino
Rimdagi bo‘sh barda o‘tirgan erkak. Italiya.

14/14
© AP Photo / Francois Mori
Komentdanlik soati kirgunga qadar Parij restoranlaridan biridagi juftlik.