TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston oliygohlarini nufuzli xorijiy OTMlar yordamida transformatsiya qilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.
Unda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston OTMlarini transformatsiya qilishda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor beriladi:
- Oliy ta’limni raqamli formatga o‘tkazish, raqamli ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish;
- Loyihaviy o‘qitish uslublarini kengaytirish, innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish;
- Talabalardan tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturlarini yaratish;
- OTM hududini ta’lim, ilm-fan va ijtimoiy-madaniy rivojlanish markazi sifatida rivojlantirish
OTMlarni transformatsiya qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilish belgilangan.
1. 2021-yilning 1-martiga qadar O‘zbekistonda 5ta OTM ochiq saylov asosida tanlab olinadi.
2. 2021-yilning 1-mayiga qadar tanlab olingan OTMlarni transformatsiya qilish dasturi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, transformatsiya qilingan OTMlarda quyidagi o‘zgarishlar yuz beradi:
- Bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tish
- Bakalavriat va magistraturaga qabul parametrlari, kirish imtihonlari OTM tomonidan belgilanadi;
- Hamkor sifatida biriktirilgan xorijiy OTM professorlari o‘quv jarayoniga jalb etiladi.
- Chet tillarida o‘qitiladigan fanlar bosqichma-bosqich kiritilib boradi
- 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab ushbu OTMlarda keng akademik mustaqillik berish rejalashtirilgan
- Xalqaro moliya muassasalari grantlari jalb etiladi
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori qabul qilinishiga O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 2-martida imzolangan "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturi asos bo‘lgan.