Poytaxt chorrahalaridagi kameralar 1,1 mlrd so‘m evaziga qayta ishga tushirilishi mumkin

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSentr avtomatizirovannoy fiksatsii administrativnix pravonarusheniy
Sentr avtomatizirovannoy fiksatsii administrativnix pravonarusheniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hokimlik kameralarni qayta ishga tushirish uchun AutoCon tizimini mahalliy ishlab chiqaruvchidan 1,1 mlrd so‘mga sotib olishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. 2017-yil mart oyida boshlangan Toshkent chorrahalarida joylashgan videokameralar orqali yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlarini aniqlash dasturiy ta’minotining litsenziya muddati tugadi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida ma’lum qilindi.

Poytaxt ma’muriyati huzuridagi Raqamli rivojlanish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksey Xenning so‘zlariga ko‘ra, 114 ta chorrahada Shveysariya kompaniyasi bilan birgalikda kameralar, shuningdek, yo‘nalishli obyektlarda bir nechta radarlar o‘rnatilgan.

Peshexodniy perexod vozle xokimiata Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Piyodalar o‘tish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish taklif etildi

U hozirda ABL-Soft&SS tomonidan ishlab chiqilgan AutoCon tizimini (davlat raqamini avtomatik tanib olish, tezlikni o‘lchash va qoidabuzarliklarni aniqlash) sotib olish imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

“Biz ular bilan suhbatlashdik, ular bizga tijorat taklifini berishdi. Bir milliard yuz million so‘m — bu tizimning narxi”, — dedi Aleksey Xen.

Xen keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, bitta kompleksda oyiga 300 mln so‘mlik qoidabuzarliklar qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 15-martdan Toshkent chorrahalarida videokameralar orqali yo‘l harakati qoidalarini buzishni qayd etish tizimi ishga tushirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0