Rossiya BMTda AQShning oy resurslariga xo‘jayinlik qilish masalasini ko‘taradi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Nyu-York
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Istasang bu falakdan oyni olib beraman": AQSh oy resurslarini o‘zlashtirish niyatida, Rossiya va xalqaro huquq bunga qarshi.

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Rossiya koinot resurslaridan foydalanish masalasini BMT darajasida muhokamaga olib chiqishga qaror qildi. Bunga AQShning oydagi foydali qazilmalarga qilinayotgan da’vosi sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Roskosmos" xabariga asosan. 

"Ushbu masala BMT Koinot hududidan foydalanish komissiyasining yuridik qo‘mitasi kun tartibiga kiritildi", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning bahorida AQSh prezidenti amerikaliklarning oy resurslarini qazib olish huquqini tasdiqlovchi huquqini tasdiqlovchi farmonga imzo chekkan edi. Farmonga muvofiq AQSh yarim yil ichida ushbu masalani boshqa davlatlar bilan muhokama qilishi kerak.  

"Roskosmos" AQShning ushbu tashabbusini agressiv va xalqaro hamkorlikka zid deb atadi. Muassasa rahbari Dmitriy Rogozin buni AQShning Iroq va Afg‘onistonga bostirib kirish rejalari bilan taqqosladi. 

Ma’lumot uchun, oy va koinot jismlaridagi boshqa resurslardan foydalanish huquqlari BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-yilda tasdiqlangan Shartnomasida paydo bo‘lgan edi. Unda "Oy hech qanday davlat tomonidan o‘zlashtirilishi, okkupatsiya qilinishi mumkin emas", - deyilgan. Lekin o‘sha vaqt ushbu shartnomani na SSSR na AQSh ratifikatsiya qilmagan edi. Undan tashqari hujjatda koinot resurslaridan tijorat tuzilmalari tomonidan foydalanish haqida hech narsa deyilmagan. 

 

Yangiliklar lentasi
0