O‘zbekiston yillik Xitoy investitsiyalarini 5 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

© AFP / Philip PachecoFlag Kitaya
Flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga, 2025-yilga borib Xitoyga amalga oshiriladigan yillik eksport hajmi kamida 3 mlrd dollarni, Janubiy Koreyaga esa kamida 800 mln dollarni tashkil etishi kerak.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston Xitoydan olib kirilayotgan yillik investitsiyalar hajmini 5 mlrd dollarga, Janubiy Koreyadan esa 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Vazirlikda Xitoy va Janubiy Koreya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash borasidagi vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Xorijiy kapital - Sputnik O‘zbekiston
Xorijiy kapital ishtirokida tuzilgan korxonalar qancha?

Ta’kidlanishicha, davlati rahbari tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yaqin idoralararo kooperatsiyani tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan tegishli vazirlik va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida topshiriq berildi. Mazkur ishchi guruhning vazifasi xitoylik va koreyalik hamkorlar bilan loyiha va tashabbuslarni implementatsiya qilishni jadallashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni olib borish bo‘ladi.

“2025 yilga borib, Xitoydan olib kirilayotgan yillik investitsiyalar hajmini 5 mlrd dollarga, Koreya Respublikasidan esa 1 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga, 2025-yilga borib Xitoyga amalga oshiriladigan yillik eksport hajmi kamida 3 mlrd dollarni, Janubiy Koreyaga esa kamida 800 mln dollarni tashkil etishi kerak.

Muhokama yakunida mutasaddi rahbarlarga barcha qo‘shma loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan yangilangan “Yo‘l xaritalarini” tayyorlash, shuningdek, kelgusi yil uchun yangi istiqbolli dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shimcha manzilli topshiriqlar berildi.

Xitoy raisining O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Xitoy  hamda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar loyihalar ijrosini tanqidiy ko‘rib chiqish, yangi o‘sish nuqtalarini belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan edi.

Yangiliklar lentasi
0