Andrey Stenin nomli fotojurnalistika bo‘yicha xalqaro tanlovning asosiy maqsadi - yosh suratchilarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy fotojurnalistika muammolariga jamoatchilik fikrini qaratishdir.
2020 yil g‘oliblarining eng sara va yorqin suratlar - Sputnik fotojamlanmasida.

Ispaniyalik suratchi Lius Tatoning bosh sovringa sazovor bo‘lgan "DusitD2" mehmonxonasidagi terakt" nomli surati.

Britaniyalik Linzi Billining "Dafn etilgan adolat" nomli surati. "Asosiy xabarlar" nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi.

Fransuz Jofre Giymarning "Janubiy chegara" nomli suratlari "Asosiy xabarlar" nominatsiyasidagi eng yaxshi deb topildi. Unda Markaziy Amerika, Gaiti, Afrika, Kubadan migrantlarning "Amerika orzusi"ga bo‘lgan uzoq yo‘li aks etgan.

Kalkuttdan bo‘lgan Sumita Sanyaning Musuni oroli aholisiga bag‘ishlangan suratlari "Mening sayyoram" nominatsiyasida eng yaxshi yakka asar deb topildi.

Rossiyalik suratchi Sergey Parshukovning "Yo‘qolib borayotgan dunyo poytaxti" nomli asari.

Rossiyalik suratchi Yuriy Smitukning "Vrangel oroli" nomli asari.

Italiyalik jurnalist Danilo Garsiya Di Meoning surati.

Turkiyalik Shabnam Koshkunning "Gilindire g‘ori. Bir nafasda" nomli asari.

Rossiyalik suratchi Pavel Volkovning artilleriya snaradidan chiqqan yong‘inda mo‘’jiza tufayli omon qolgan Aleksey Talay haqida asari. "Sport" nominatsiyasida eng yaxshi deb topildi.

Janubiy afrikalik suratchi Jon Vesselsning "Ebola: Kongo DR" nomli asari. Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasining maxsus sovrini bilan taqdirlandi.

Braziliyalik suratchi Leonardo Malafayya Alvesning "Braziliyadagi qora sohil" nomli asari.