Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston hududida COVID-19ga aniq tashhis qo‘yish uchun murojaat qilish mumkin bo‘lgan tibbiy muassasalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ana shunday tashkilotlar soni 29ta bo‘lib, ulardan 17tasi Toshkent shahrida, 5tasi Samarqandda, 3tasi Farg‘onada, 1tadan Namangan, Navoiy, Nukus va Qarshi shaharlarida joylashgan.Barcha klinikalar ro‘yxati va manzili bilan infografikamizla tanishing.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 24-iyundan boshlab pullik asosda nodavlat tibbiyot muassasalarida tahlil topshirishga yana ruxsat berildi. Narxni nodavlat tibbiyot tashkiloti mustaqil belgilaydi. Laborator tahlil uchun namuna (surtmalar) nodavlat tibbiyot tashkilotining o‘zida, shu bilan birgalikda, so‘rovga ko‘ra, murojaat qiluvchining tashkilotida, fuqarolarning yashash manzilida hamda maxsus avtotransportlarda olinishi mumkin.