SSV: 1-noyabrdan karantin choralari kuchaytirilishi haqidagi xabarlar asossiz

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStatsionarniy post dps na Drujbe narodov
Statsionarniy post dps na Drujbe narodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 1-noyabridan karantin choralari kuchaytirilishi haqida asossiz axborotlar tarqalmoqda.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 1-noyabrdan karantin choralari kuchaytirilishi haqidagi xabarni rad etdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 1-noyabridan karantin choralari kuchaytirilishi haqida asossiz axborotlar tarqalmoqda. Eslatib o‘tamiz, bu kabi yolg‘on xabarlar orqali aholi orasida vahima qo‘zg‘ashga urinishlarga tegishli tartibda javobgarlik ko‘zda tutilgan”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik fuqarolarni o‘z salomatliklariga e’tiborli bo‘lishga chaqirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 65 200 nafarga yetgan. Shulardan 62 342 nafari tuzalib ketgan. 545 kishi virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0