Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor tayinlandi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan Anvar Nasirov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Anvar Nasirov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tegishli farmoyishga imzo chekdi.

Nasirov bunga qadar O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tashqi siyosat va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash sho‘’basi mudiri lavozimida ishlagan.

Bundan avval esa Tashqi ishlar vazirligi tizimida mas’ul lavozimlarda, xususan vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan; O‘zbekistonning O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi doimiy vakili, ShHT bosh kotibi o‘rinbosari bo‘lgan.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti 2020-yil avgustida prezident qarori asosida tashkil etilgan. Institut qo‘shni davlatlarning tashqi siyosat konsepsiya va maqsadlarini tahliliy yondashuvlar asosida puxta o‘rganadi, mintaqaviy ahamiyatga ega turli loyihalarni batafsil tahlil qiladi va bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy xalqaro ilmiy anjuman va tadbirlarda bu mavzularni muhokama qiladi.

Yangiliklar lentasi
0