TOShKENT, 24 okt — Sputnik. 24-oktabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 923 (+112) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 15 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Buxoro viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 28 nafari Namangan viloyatida, 14 nafari Sirdaryo viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 17 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda 62 033 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 2 346 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.