Rossiya MiG-31 va Su-35 qiruvchisi AQSh bombardimonchilarini ortga qaytardi

Obuna bo‘lish
Rossiya MiG-31 va Su-35 qiruvchilari Bering dengizi ustida AQSh harbiy-havo kuchlarining strategik bombardimonchilarini to‘xtatib qoldi.

Harbiylar chegaraga yaqinlashayotgan ikkita havo nishonini qayd etishdi. Ularni aniqlash va davlat chegarasi buzilishini oldini olish uchun Sharqiy harbiy okrugning havo hujumidan mudofaa kuchlariga qarashli bo‘lgan MiG-31 va Su-35 samolyotlari ko‘tarildi.

Rossiya qiruvchilarining ekipajlari havodagi nishonlarni AQSh havo kuchlarining ikkita strategik bombardimonchi B-1V ekanligini aniqladilar va ularni Bering dengizi bo‘ylab kuzatib borishdi.

Xorijiy samolyotlar ortga burilganda, Rossiya qiruvchilari aerodromga qaytdi.

Yangiliklar lentasi
0