BMT 75-yilligi: eski muammolar, yangi chaqiriqlar va global yechimlar - Medvedev

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tish70-ya sessiya Generalnoy Assamblei OON
70-ya sessiya Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev BMTning 75-yilligiga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Bugun, 24-oktabr kuni dunyodagi eng nufuzli tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkiloti 75-yillik yubileyini nishonlamoqda.

Zasedanie soveta OON po pravam cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tarixda ilk bor BMT Inson huquqlari kengashiga a’zo bo‘ldi

RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev BMTning 75-yilligiga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi.

Unda keltirilgan asosiy fikrlar:

- "Insoniyatning eng dolzarb muammolarini muhokama qilish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiya taklif qilgan "yadro beshligi" davlatlarining yuzma-yuz sammiti bo‘lib o‘tadi deb umid qilamiz";

- «Nafaqat mavjud qurollarning qisqarishini ta’minlash, balki yangi tahdidlar xavfini minimallashtirish ham zarur. Shu nuqtayi nazardan, Rossiya Yevropada va boshqa hududlarda yangi raketa tizimlarini joylashtirishga moratoriy e’lon qildi. Biz g‘arbiy sheriklarimizning javob qadamlariga umid qilamiz";

- "Shuningdek, barcha kosmik derjavalarning fazoni militarizatsiyalashni har tomonlama taqiqlash to‘g‘risidagi qonuniy majburiy bitimini tuzilishini qo‘llab-quvvatlaymiz";

- "Afsuski, tinchlikni saqlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarga qaramay, biz hali ham bir tomonlama tajovuzkor harakatlar, xususan, AQSh va uning NATO blokiga kiruvchi ularning ittifoqchilari tomonidan suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashish bo‘yicha qo‘pol urinishlarning guvohi bo‘lyapmiz";

- “Global axborot makonida xavfsizlikni ta’minlash prinsipial ahamiyatga ega. Xalqaro kiberxavfsizlik arxitekturasi nafaqat zamonaviy talablarga javob berishi, balki texnologik taraqqiyot istiqbollarini ham hisobga olishi zarur”;

- “COVID-19 epidemiyasi faqat siyosiy erkinliklar o‘z-o‘zidan insonlar hayotini saqlab qololmasligini aniq ko‘rsatib berdi. Buning uchun tibbiy yordam va ijtimoiy muhofaza qilishning samarali va qulay tizimi, sanitariya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha umumdavlat dasturlar, hukumat davlat organlarining barcha darajalarida harakatlarni nihoyatda muvofiqlashtirish talab etadi".

Yangiliklar lentasi
0