UzAuto Motorsning OAVga bosim o‘tkazilgani haqidagi bayonoti tasdiqlanmadi - AOKA

© FacebookStend kompanii UzAuto na vistavke
Stend kompanii UzAuto na vistavke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AOKA 15ta yetakchi ommaviy axborot vositalari orasida so‘rov o‘tkazib Monopoliyaga qarshi qo‘mita tomonidan boim o‘tkazilmaganini aniqladi.

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. "UzAuto Motors" AJ tomonidan bir necha kun oldin tarqatilgan, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan OAVlarga bosim o‘tkazilgani haqidagi xabar - tasdiqlanmadi, deb xabar qilmoqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

"Agentlik tomonidan 15 ta yetakchi elektron ommaviy axborot vositalari rahbarlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazilib, mazkur sud ishini yoritishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan hech qanday bosim o‘tkazilmagani qayd etildi", - deyilgan xabarda. 

Ushbu masala yuzasidan AOKA tomonidan «UzAuto Motors» AJga asossiz ma’lumotni tarqatmaslik va bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli ogohlantirish kiritiladi.

Avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Monopoliyaga qarshi qo‘mita OAVga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda - UzAuto

Agentlik yana bir bor asossiz, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tadi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda OAVga tarqatilayotan ma’lumotlarning asosliligini tekshirishni tavsiya qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin UzAuto Motors va Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi orasidagi sud tartibida bo‘lib o‘tayotgan surishtiriv ishlarini OAVda yoritish borasida bayonot tarqatilgan edi. Unda avtomobil kompaniyasi qo‘mitani OAVga bosim o‘tkazishda ayblagan edi. 

Yangiliklar lentasi
0