TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Rossiyalik UFC yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov Amerikaning ESPN telekanali boshlovchisi bilan bo‘lgan onlayn intervda keskin javob bilan boshlovchini boshqa mavzuga o‘tishga majbur qildi.
Teleboshlovchining Konnor Makgregor bilan yangi jang borasida birinchi marotaba bergan savoliga Habib ushbu jang unga qiziq emasligini ma’lum qildi.
"Getji - kuchli jangchi, u menga yangi motivatsiya, yaxshi energiya beradi. Konnor bilan jang esa - men uchun qiziq emas. Men uni allaqachon yengganman. U bilan yana jang qilish ? Nima uchun kerak?", - dedi Habib.
Teleboshlovchi go‘yoki buni tushunmagandek, ko‘pchillik ushbu jangni ko‘rishni istaydi, siz esa bundan voz kechmoqdasiz, sabab nimada, degan savoliga Habib keskin javob qaytardi.
"Hozir men bu "narsa" haqida hatto gapirishni ham istamayman" ("Right now, I don't even want to talk about this s---."), deb javob qaytardi yakkakurash chempioni.
Shundan so‘ng telekanal boshlovchisi boshqa mavzularga o‘tib intervyuni davom ettirdi.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni Habib Nurmagomedov va amerikalik bokschi Djastina Getjiga qarshi oktagonga chiqadi. Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan jangda Habib yengil vazn bo‘yicha chempionlik kamarini himoya qiladi.
"Right now, I don't even want to talk about this s---."@TeamKhabib is focused on fighting Justin Gaethje at #UFC254 and nobody else 😶 (via @FirstTake) pic.twitter.com/XGzJFUanl3
— ESPN MMA (@espnmma) October 20, 2020